19:29 / 14.03.2025
22

Angliya terma jamoasining martdagi yig‘iniga kimlar chaqirildi?

Angliya terma jamoasining martdagi yig‘iniga kimlar chaqirildi?
Tomus Tuxel Angliya milliy terma jamoasining navbatdagi yig‘iniga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini ma’lum qildi.

21 mart kuniga belgilangan Albaniya va 24 mart sanasiga qo‘yilgan Latviya bilan bahslarga quyidagi futbolchilar chaqirildi:

Darvozabonlar — Din Henderson ("Kristal Pelas"), Jordan Pikford ("Everton"), Aaron Remsdeyl ("Sautgempton"), Jeyms Trafford ("Byornli").

Himoyachilar — Den Byorn ("Nyukasl"), Levi Koluill ("Chelsi"), Mark Gexi ("Kristal Pelas"), Ris Jeyms ("Chelsi"), Ezri Konsa ("Aston Villa"), Lyuis-Skelli ("Arsenal"), Tino Livramento ("Nyukasl"), Jarell Kuansa ("Liverpul"), Kayl Uoker ("Manchester Siti"/"Milan").

Yarim himoyachilar — Jud Bellingem ("Real"), Eberechi Eze ("Kristal Pelas"), Jordan Henderson ("Ayaks"), Kyortis Jons ("Liverpul"), Koul Palmer ("Chelsi"), Deklan Raysi ("Arsenal"), Morgan Rojers ("Aston Villa").

Hujumchilar — Jarrod Bouen ("Vest Xem"), Fil Foden ("Manchester Siti"), Entoni Gordon ("Nyukasl"), Harri Keyn ("Bavariya"), Markus Reshford ("Manchester Yunayted"/"Aston Villa"), Dominik Solanke ("Tottenxem").

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport