Turkiya Superligasi. "Rizespor" o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchradi, Aliqulovdan avtogol

Turkiya Superligasi. "Rizespor" o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchradi, Aliqulovdan avtogol
Turkiya Superligasi 28-tur doirasidagi "Rizespor" — "Bodrumspor" o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Mezbonlar himoyachisi Husniddin Aliqulov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. Afsuski, hamyurtimiz o‘yinning 22-daqiqasida o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. O‘yinning 40-daqiqasida Samet Akaydin ikkinchi sariq kartochkasini olib, mezbonlarni qiyin holatda qoldirdi. Husniddin Aliqulov 45+3 daqiqada jarohat olgani sababli almashtirildi.

Ushbu bahs yakunida "Rizespor" o‘z maydonida 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Turkiya Superligasi. "Rizespor" o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchradi, Aliqulovdan avtogol
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar