
O‘zbekiston Superligasi 2-turi doirasidagi “Surxon” — “Xorazm” uchrashuvi 16 mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Termizda kechgan bahsda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi hisob 11-daqiqada Humoyunmirzo Iminov tomonidan ochildi. 32-daqiqada esa Sunnatulla Abdullajonov o‘rtadagi farqni yana bittaga oshirdi.
O‘yinning ikkinchi bo‘limida ham bir qancha vaziyatlar yuzaga keldi. Bahs yakuni arafasida esa hisob yirik ko‘rinish olishi ham mumkin edi. Ammo Sunnatulla Abdullajonov penaltidan unumli foydalana olmadi. Uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi.
“Xorazm” ketma-ket ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi hamda o‘z hisobidagi ochkolar sonini 6 taga yetkazdi. “Surxon” esa 2-turda ham mag‘lubiyatga uchradi.
“Surxon” — “Xorazm” 0:2
Gol: Humoyunmirzo Iminov 10, 0:1, Sunnatulla Abdullajonov 32, 0:2
"Surxon": 16. Dilshod Yo‘ldoshev, 2. Behruzjon Karimov (9.Kirill Kolesnichenko, 46) 3. Sunnatulloh Hamidjonov, 5. Jamaliddin Xojaniyazov, 6. Behzod Shamsiyev (4.Nodirxon Ne’matxonov, 46) 7. Dostonbek Tursunov, 10. Dmitriy Pletnev, 17. Jahongirbek Abdusalomov, 18. Nodirbek Abduxalikov, 19. Muhammad-Ali Abdurahmonov (11.Abdug‘afur Haydarov,46) 99. Sunnatilla Poyonov (27.Asilbek Jumayev, 46).
Zaxira: 1.Artyom Potapov, 2.Muhammadyusuf Mirqodirov, 14.Sarvar Abduhamidov, 22.Javohir Jo‘rayev, 20.Sardorbek Mahmudov.
"Xorazm": 12. Sardor Kobuljanov, 8. Xazratjon Tursunqulov, 9. Jasur Azimov (5. Dilshod Jo‘rayev, 61), 11. Humoyunmirzo Iminov (66. Ilhomjon Alijonov, 84) 15. Vladimir Bubanya, 27. Ixtiyor Toshpo‘latov, 44. Dostonbek Tursunov, 77. Sunnatulla Abdullajonov, 88. Abror Xo‘sinov, 94. Rustamjon Abduhamidov, 99. Shahrom Samiyev (10. Murodbek Bobojonov, 68).
Zaxira: 54. Adhamjon Musulmonov, 4. Farruhjon Ibrohimov, 6. Muhriddin Pazildinov, 7. Temurbek Ismailov, 20. Danile Yejov, 22. Sanjar Shoahmedov.
Ogohlantirish: Behzod Shamsiyev ("Surxon") 45+3, Jamaliddin Xojniyazov ("Surxon") 87, Kirill Kolosnichenko ("Surxon") 90 “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar