
Superliga 2-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Navbahor" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda mehmonlar 3:2 hisobidagi g‘alaba qozondi.
Gollarga "bo‘rilar" safida Lyupcho Doriyev (dubl) mualliflik qilgan bo‘lsa, "lochinlar"dan Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, Ruslanbek Jiyanov va Karvalo Pedrolar kiritdi.
Shu tariqa, namanganliklar Jizzaxdan 3 ochkoni olib ketdi.
"So‘g‘diyona" — "Navbahor" 2:3
Gollar: 0:1 — 2, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (Mirzohid G‘ofurov), 1:1 — 14, Lyupcho Doriyev, 1:2 — 66, Ruslan Jiyanov (Alisher Odilov), 2:2 — 76, Lyupcho Doriyev (Suhrob Izzatov), 2:3 — 90, Pedro (Alisher Odilov).
"So‘g‘diyona": 21.Muhammadyusuf Sobirov, 2.Zoir Jo‘raboyev, 8.Suhrob Izzatov, 4.Otabek Ahadov, 7.Xondamir Mustafoqulov, 3.Islom Qobilov, 17.Ehsone Panshanbe (28.Stanislav Andreyev, 77), 19.Javohir Qahramonov, 32.Nodir Soyibov, 9.Samandar Mavlonqulov (77.Luka Dordevich, 88), 14.Lyupcho Doriyev.
Zaxira: 27.Milan Mitrovich, 5.Behruz Jumatov, 6.Samandar Sindarov, 11.Sahob Rashidov, 20.Fazliddin Omonkeldiyev, 23.Sardor Hoshimov, 99.Umid Sultonov.
"Navbahor": 16.Shukron Yo‘ldoshev, 33.Sergey Karpovich, 36.Gilerme Gedesh, 19.Mirzohid G‘ofurov (15.Javohir Abdujabborov, 46), 99.Igor Gabriyel, 8.Shohmalik Komilov, 13.Benjamin Teidi, 70.Abbos G‘ulomov (17.Ruslan Jiyanov, 64), 7.Azim Ahmedov (12.Saidazamat Mirsaidov, 46), 10.Shahzod Ubaydullayev (37.Alisher Odilov, 64), 11.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (29.Pedro Augusto, 81).
Zaxira: 1.Umid Ergashev, 4.Shahzod Toirov, 9.Zabihillo O‘rinboyev, 71.Navro‘z Iminjonov.
Ogohlantirishlar: Azim Ahmedov (22), Ehsone Panshanbe (58), Shahzod Ubaydullayev (61), Javohir Abdujabborov (67), Otabek Ahadov (90+5). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar