
"Barselona" vingeri Lamin Yamal "Atletiko"ga qarshi 4:2 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z his-tuyg‘ularini bayon etdi. 17 yoshli futbolchi ikkinchi bo‘limda jamoasiga g‘alabani ta’minlashda muhim rol o‘ynadi va 90+2-daqiqada gol urdi.
"Biz ortda qolgan edik, lekin jamoa hech qachon taslim bo‘lmaydi. Men juda xursandman, chunki bu biz uchun juda muhim o‘yin edi. Eng muhimi – biz g‘alaba qozondik", – dedi Yamal DAZN bilan suhbatda.
Yamal shuningdek, jamoa g‘alabani o‘zaro bayram qilganini va buni eslab qolish muhimligini ta’kidladi.
Manba: euro-football.ru
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring 
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar