
Ertaga "JCH-2026" saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o‘yin oldidan O‘zbekiston Milliy terma jamoasi ustozi Timur Kapadze va yarim himoyachimi Odiljon Hamrobekov ishtirok etib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Quyida Hamrobekovning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
- Barchaga xayrli kech. Birinchi navbatda Katanetsga minnatdorchlik va sog‘liq tilab qolamiz. O‘yinga keladigan bo‘lsak, uchrashuv darajasini sizlar bizdan yaxshi his qilib turgan bo‘lsangiz kerak. Butun jamoa bo‘lib harakat qilib, oldimizga qo‘yilgan vazimizni bajarishimiz kerak.
Qirg‘iz Respublikasiga qarshi o‘yinda o‘zimizni ustun deb hisoblab maydonga tushishimiz haqida
- Maydonda ism yoki familiya o‘ynamaydi, aksincha futbolchilar harakat qilishi kerak. Albatta, men palonchi yo pistonchiman deb chiqsak, bu bizga muammo tug‘diradi. Shuning uchun, biz Qirg‘izistonni hurmat qilgan holda, maydonga tushamiz. Bizni hech qachon jamoaning darajasi chalg‘itib qo‘ymasligi kerak.
- Futbolchilar orasida Abduqodirning laqabi o‘zgarmadi?
- Albatta, Abduqodirning transferi futbolchilar va yosh avlod uchun ham katta motivatsiya bo‘ldi. Laqabga keladigan bo‘lsak, balki "Siti"da unga laqab qo‘yishgandir, ammo biz hali ham uni ismi bilan chaqiryapmiz (kuladi). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar