
"Manchester Siti" o‘zining instagramdagi sahifasida Abduqodir Husanovning rasmini joyladi. Ushbu postning kommentida angliyalik muxlis O‘FAga keskin murojaat yo‘lladi va jiddiy tanqid qildi.
"O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Sizlar juda yomon ish olib borayotganingiz uchun Abduqodir Husanovning xavfsizligiga qisman javobgarsizlar.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videolardan, uning atrofini ko‘plab tanigan yoki tanimagan insonlar o‘rab olgani ko‘rinib turibdi. Bu uni chalg‘ityapti va asabiylashtirmoqda.
Uning xavfsiz va nazorat ostida bo‘lishini ta’minlash sizlarning burchingiz. Bu xoh O‘zbekistonda bo‘lsin, xoh terma bilan xorij safarlariga ham tegishli.
Uning bo‘sh vaqtini hurmat qiling, e’tiborini ortiqcha narsalarga chalg‘itmang va futbolchilik faoliyatini doimo birinchi o‘ringa qo‘ying.
Sizlarning bunday boshqaruvingiz va e’tiborsizligingizni shunchaki qabul qilib bo‘lmaydi. Ishingizni yaxshiroq bajaring", - deb yoziladi kommentda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar