21:14 / 23.03.2025
1 361

Chavandozlarimiz ot choptirishda mezbonlardan o‘zib ketdi!

Chavandozlarimiz ot choptirishda mezbonlardan o‘zib ketdi!
Tojikistonning Dushanbe shahrida ot sportining poyga yo‘nalishida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan xalqaro musobaqa tashkil etildi.

Bir kilometr masofada o‘tgan poygada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Ushbu poygada chavandozimiz Avaz Ismoilov “Rozmaylankov“ laqabli otida marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan bo‘lsa, Muhriddin Suyarov “Tumariz“ laqabli otida kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Poyganing bronza medali mezbonlar vakili Sadriddin Svatlarkovga nasib etdi.

Shu tariqa, poygada hamyurtlarimiz muvaffaqiyatga erishdi. Mazkur musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ot sportini yanada ommalashtirish va o‘zaro tajriba almashishdir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport