
“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Abbosbek Fayzullayev nafaqat o‘zi o‘ynayotgan SSKAda, balki O‘zbekiston milliy terma jamoasida ham muhim figuraga aylanib bormoqda.
21 yoshli hujumkor futbolchi 2026 yilgi jahon chempionati mintaqaviy saralash turniri doirasida Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv qahramonlaridan biri bo‘ldi.
Abbosbek futbolchilarimiz g‘alaba keltirgan yagona golni urgan vaziyatdi uch nafar himoyachi orasida turganiga qaramay, to‘pni gol muallifi Hojiakbar Alijonovga aniq va qulay yetkazib berdi va o‘z hisobiga bitta assist yozdirib qo‘ydi.
Abbosbek Fayzullayevning birinchi murabbiyi Dmitriy An Rossiya nashrlariga bergan intervyusida O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatiga chiqish imkoniyati va shogirdining o‘yinini quyidagicha baholadi.
- Saralash turniridagi navbatdagi g‘alabadan keyin O‘zbekistonning mundialga chiqish imkoniyati oshdi. Hamma futbolchilarimizning birinchi tarixiy jahon chempionatiga chiqishini kutmoqda.
25 mart kuni Eron bilan o‘yin bor va biz terma jamoamizga muxlislik qilamiz.
Oson bo‘lmasligi aniq, lekin yigitlarimiz hozir jangovar kayfiyatda. Safardan quruq qaytmasliklari kerak, hech bo‘lmaganda bir ochko ham super natija bo‘ladi.
O‘zbekistonda futbol yanada ommalashdi, stadionlar to‘lyapti. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi juda kuchli. Jahon chempionatiga chiqishga umid qilamiz.
Hozir O‘zbekiston terma jamoasiga Abbosbek Fayzullayevdek yorqin va kreativ o‘yinchi kerak. U golli pas uzatishga ham, o‘zi to‘p kiritishga ham qodir.
Zamonaviy futbolda hamma raqiblar ham himoyalanishni o‘rganib olgan. Qirg‘iziston bilan uchrashuvda Abbos juda ko‘p to‘p uzatishni amalga oshirdi, biroq ulardan faqat bittasidan foydalanishdi xolos. Shogirdim golli pas berganidan juda xursand bo‘ldim.
Hozir Fayzullayev terma jamoaning muhim o‘yinchilaridan va bundan keyin ham shu taqlid davom etadi. Eng muhimi, Abbos arablarga qarshi bo‘ladigan keyingi bellashuvda ham ishtirok etish uchun Eron bilan o‘yinda sariq kartochka olmasligi kerak. Bu bahs oldidan O‘zbekistonning ko‘p o‘yinchilarida bittadan ogohlantirish bor, - dedi Dmitriy An.
Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullayev 2023 yilning iyun oyidan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Hujumkor futbolchimiz hozirga qadar 24 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini yetti marotaba ishg‘ol qilgan va ikkita assist qayd etgan.
Fayzullayev xalqaro miqyosdagi bellashuvlarda Tojikiston, Qirg‘iziston, Hindiston, Tailand, Shimoliy Koreya darvozalariga bittadan, Qatar bilan bo‘lgan bellashuvda ikkita gol urgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar