23:45 / 25.03.2025
9 769

Eron - O‘zbekiston o‘yinida gol urgan Abbosbek Fayzullayev necha ball oldi?

Eron - O‘zbekiston o‘yinida gol urgan Abbosbek Fayzullayev necha ball oldi?
Jahon chempionati saralash guruh bosqichining 8-turidagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur turda O‘zbekiston terma jamoasi Tehronda Eron bilan bahs olib borib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Uchrashuvning 16-daqiqasida Hojimat Erkinov hisobni ochgan bo‘lsa, 52-daqiqada "Inter" hujumchisi Taremi hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan bir daqiqa o‘tib yosh yulduzimiz Abbosbek Fayzullev yana terma jamoamizni oldinga olib chiqdi. 83-daqiqada esa Mehdi Taremi dubl qayd etib, hisobni yana tenglashtirdi.

Ushbu muvaffqiyat orqali forslar Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

JCH-2026 3-saralash bosqichi, 8-tur
Eron - O‘zbekiston 2:2
Gol
: Xojimat Erkinov (Farruh Sayfiyev) 16, 0:1, Mehdi Taremi 51, 1:1, Abbos Fayzullayev 55, 1:2, Mehdi Taremi 82, 2:2

Quyida Sofascore portali tomonidan futbolchilarimizga o‘yin uchun qo‘yilgan ballarni ko‘rishingiz mumkin. Unda eng yuqori ball aynan Abbosbek Fayzullayevning harakatlari uchun qo‘yilgan, ya’ni u mazkur o‘yinda 7.8 ball olgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eron - O‘zbekiston o‘yinida gol urgan Abbosbek Fayzullayev necha ball oldi?