
Foto: FIFA
FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionati mukofot pullarini rasman e’lon qildi.
Jami mukofot jamg‘armasi — 1 milliard dollar, 32 jamoa o‘rtasida taqsimlanadi.
Jamoalar 525 mln dollarni faqat ishtiroki uchun oladi:
- Yevropa klublari — 12,81 mln.dan 38,19 mln dollargacha (reytingiga qarab).
- Janubiy Amerika klublari — 15,21 mln dollardan.
- Osiyo, Afrika va KONKAKAF klublari — 9,55 mln dollardan.
- Okeaniya klublari — 3,58 mln dollardan.
Qolgan $475 mln natijalarga qarab taqsimlanadi:
- $1 mln — guruh bosqichidagi durang uchun.
- $2 mln — guruh bosqichidagi g‘alaba uchun.
- + $7,5 mln — 1/8 final yo‘llanmasi uchun.
- + $13,125 mln — 1/4 final yo‘llanmasi uchun.
- + $ 21 mln — 1/2 final yo‘llanmasi uchun.
- + $ 30 mln — final yo‘llanmasi uchun.
- + $ 40 mln — turnir g‘olibi uchun.
Shu tariqa, g‘olib jamoa bir oyda taxminan $150 mln ishlashi mumkin, bu Chempionlar ligasida 9 oyda topiladigan puldan ko‘p. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar