
Superliganing 3-turi doirasida "Xorazm" hamda "Buxoro" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng (1:4) mehmonlar ustozi Ulug‘bek Bakayev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"O‘yinni yaxshi boshladik va gol urdik. Goldan so‘ng bo‘shashdik va imkoniyatlarni boy bera boshladik. "Xorazm" tashabbusga ega bo‘la boshladi. Gol ham urishlari mumkin edi. Ikkinchi bo‘limda ham vaziyat shunday kechdi. "Xorazm" gol urgandan keyin yaxshi o‘yin namoyish eta boshladi. Jamomizni g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. "Xorazm"ga keyingi o‘yinlarda omad.
- Ketma-ket ikkinchi o‘yindirki, "Buxoro" hisobda oldinda bora turib, vaqtni cho‘zmoqda...
- Vaziyatlarni qayta ko‘rib chiqish kerak. Aynan qaysi vaziyat ekanligini ko‘rish lozim. Balki o‘sha paytda kichik jarohatlar, o‘yin qoidalari buzilishi bo‘lgandir. O‘sha vaziyatni yana qayta ko‘rib chiqish kerak. Men o‘yin vaqtini cho‘zdik deb o‘ylamayman. Sharoit shuni taqozo etdi. Bu futbol va futbolda bunday holatlar bo‘lib turadi. Bu normal holat", - dedi Ulug‘bek Bakayev. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar