
Angliya kubogi chorak finali doirasida "Manchester Siti" - "Bornmut" maydoniga safar qildi. Mazkur bllashuvda "shaharliklar" 2:1 hisobida zafar quchdi.
Evanilson birinchi bo‘limda hisobni ochgan bo‘lsa, Xoland hamda Marmush ikkinchi bo‘limda gol urib, "Siti"ning g‘alabasini ta’minladi. E’tirof etish joiz, "shaharliklar" tomonidan urilgan gollarga ikkinchi bo‘lim avvalida Abduqodir Husanov o‘rniga maydonga tushgan O'Rayli assist vazifasini bajardi.
O‘yindan so‘ng Bernardu Silva 20 yoshli yarim himoyachi borasida iliq fikrlar bildirdi:
- O'Reyli aqlbovar qilmas edi. Uning energiyasi o‘yinni bizning foydamizga o‘zgartirishga yordam berdi. Niko uchun xursandman.
Ma’lumot uchun, O'Rayli "Bornmut" - "Siti" bahsining eng yaxshi futbolchisi, deya e’tirof etildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar