Professional boks. Bugun Astanada Bahodir Jalolov va Otabek Xolmatov ringga chiqadi

Professional boks. Bugun Astanada Bahodir Jalolov va Otabek Xolmatov ringga chiqadi
Bugun Astanada professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Ushbu jang kechasida ikki nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi. Ikki karra Jahon va Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov hamda Otabek Xolmatovlar o‘z uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Super og‘ir vazn toifasida 10 raundlik bellashuv:
Bahodir Jalolov (O‘zbekiston, 14-0, 14 KO) - Igor Shevadzutskiy (Ukraina, 12-2, 10 KO)

Yarim yengil vazn toifasida 8 raundlik bellashuv:
Otabek Xolmatov (O‘zbekiston, 12-1, 11 KO) - Jeyson Kano Manigos (Filippin, 30-12-2, 20 KO)

Janglar Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar