Vitaliy Denisov: Mag‘lubiyat haqida hech narsa deya olmayman


“Lokomotiv” himoyachisi Vitaliy Denisov Rossiya chempionati 19 turida “Arsenal”dan uchralgan 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat haqida fikrlarini bildirdi.
“Raqibni mensimaslik haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. O‘yinni ko‘rganlar bunday demaydilar. Biz butun o‘yin davomida ustunlikka ega bo‘ldik. Bir qator imkoniyatlardan foydalan olmadik.
Golni esa tasodifan o‘tkazib yubordik. “Arsenal” futbolchisi aslida darvoza tomon zarba bergan edi, ammo bu zarba golli uzatmaga aylanib ketdi. Boz ustiga bizning bitta golimizni hisoblamaganlari ham juda g‘alati. Hakam jarima zarbasi tepish lozimligini aytdi. O‘shanda nima bo‘lganiga tushuna olmadik”, - deydi Denisov.
Manba: www.uff.uz
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…