Venger qonuni, sekundomer va murabbiylik chellenji — futbolni butunlay o‘zgartiruvchi yangi davr!

Futbol olamida inqilobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda — 2025 yil iyulidan boshlab, FIFA va IFAB tomonidan qator yangi qoidalar amalga kiritiladi. Bu o‘zgarishlar futbolni nafaqat yangi darajaga olib chiqishi, balki uni tomoshaboproq va adolatliroq qilishni maqsad qilgan.
«Venger qonuni»: ofsaydga yangicha yondashuv
Futboldagi eng tortishuvli qoidalardan biri — ofsayd — endi tubdan o‘zgarmoqda. Endilikda hujumchi butun tana qismi bilan raqib himoyachisidan oldinda bo‘lsagina ofsayd qayd etiladi. Bu o‘zgarish afsonaviy murabbiy Arsen Vengerning tashabbusi bilan kiritilayotgani uchun “Venger qonuni” deb nomlanmoqda. Ya’ni, endi chala millimetrlar bilan gollar bekor qilinmaydi!
Hakamlar mikrofon bilan efirga chiqadi
VAR orqali qabul qilingan qarorlar endi stadiondagi barchaga hakam tomonidan mikrofon orqali sharhlanadi. Bu yangilik muxlislarga o‘yin paytida aniqlik va shaffoflikni oshiradi. Har bir qaror — endi sir emas!
Murabbiylik chellenji: futbolda «Replay» davri boshlanadi
Hokkey va basketbol muxlislari yaxshi biladi: murabbiylar hakam qarorlarini qayta ko‘rib chiqishni so‘ray oladi. Endi futbolda ham shunday bo‘ladi! Jamoalar belgilangan sonida «chellenj» olish imkoniga ega bo‘ladi. Hakamning shubhali qarori bormi? Murabbiy videotakror talab qiladi!
Sekundomer to‘xtaydi: haqiqiy vaqtga qadam
Murakkab hisob-kitoblar, «qancha qo‘shildi?» kabi savollar endi o‘tmishda qoladi. Uyinlar to‘xtasa — sekundomer ham to‘xtaydi. Bu basketbol va xokkeydagi kabi aniq vaqt bilan ishlash imkonini beradi. Endi chalg‘itishlar, vaqtini cho‘zishlar — o‘tmaydi!
Yangi futbol — yangi qoidalar bilan!
2025 yilning iyulidan boshlab, futbol muammolar emas, cheksiz dramalar, aniq qarorlar va shaffof o‘yinlar maydoniga aylanadi. Futbol tarixidagi eng katta islohotlardan biri boshlanmoqda. Siz tayyormisiz? “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar