11:37 / 19.11.2016
6 287

Jahon chempionatida 48 ta terma ishtirok etadi

Jahon chempionatida 48 ta terma ishtirok etadi

FIFA prezidenti Janni Infantino terma jamoalar ishtirokidagi Jahon chempionati va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati musobaqalarining tashkiliy tizimiga o‘zgartirish kiritmoqchi ekanligini aytib o‘tdi.

Ularning barchasi JCh-2018 dan keyin kuchga kiradi.

"Hozirda Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining o‘tkazish formulasi g‘alatiroq. Uni 32 ta klubga ko‘paytirib, yoz faslida o‘tkazish kerak. Ana shunda dunyoning eng kuchli 32 ta klubi ishtirok etadi.

Terma jamoalar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga kelsak: ularning soni 48 ta bo‘ladi. Dastlabki 16 ta terma to‘g‘ridan-to‘g‘ri chempionatga yo‘l oladi.

Qolgan 32 tasi esa, JCh mezbon davlatida mundial boshlanishiga bir hafta qolganda pley-off tizimida o‘yin o‘tkazib saralanadi.

Misol uchun Italiya va Ispaniyalar pley-offda yutqazib musobaqani tark etishi mumkin.

Bundan hech ham hayron bo‘lish kerak emas. Axir JCh millionlab millatlarga quvonch baxsh etadi", - deydi Infantino.

Manba: www.sports.ru

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jahon chempionatida 48 ta terma ishtirok etadi