
UEFA Chempionlar ligasi chorak final bosqichining dastlabki o‘yinida PSJ va Aston Villa jamoalari to‘qnash kelmoqda. “Parc des Princes” stadionida bo‘lib o‘tayotgan bellashuvning birinchi bo‘limi kuchli kurashlarga boy bo‘ldi va 1:1 hisobida yakunlandi. 35-daqiqada Morgan Rodjers Aston Villani oldinga olib chiqdi, ammo 4 daqiqa o‘tib, 39-daqiqada Dezire Du PSJ safida hisobni tenglashtirdi.
Statistikaga ko‘ra, PSJ to‘pga 74% egalik qilgan, 15 marta darvozaga zarba bergan, shundan 6 tasi aniq bo‘lgan. Ular 369 pas bajargan, pas aniqligi 94% ni tashkil qilgan. PSJ 4 ta faul ishlatgan va hech qanday kartochka olmagan.
Aston Villa esa 2 ta zarba bergan, ulardan faqat 1 tasi aniq bo‘lgan. Ular to‘pni 26% vaqt davomida nazorat qilgan, 133 ta pas bajargan. 7 ta faul qilgan va 1 ta sariq kartochka olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!