date
views 5 907

«Roma» Shomurodov uchun yangi raqib sotib olmoqchi

«Roma» Shomurodov uchun yangi raqib sotib olmoqchi
O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov so‘nggi vaqtlarda Italiya “Roma” jamoasida yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda — u gollar urmoqda va jamoasiga foyda keltirmoqda, deb upl.uz xabar berdi.

Mavsum boshidagi omadsiz startdan so‘ng, Eldor hozir eng yaxshi sport formasida. Shu bilan birga, “Roma” klubi “Verder”dan 24 yoshli hujumchi Jastin Njinmani sotib olishni rejalashtirmoqda.

Njinma joriy mavsumda “Verder” tarkibida 25 o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urgan va 2 ta golli uzatma bergan. Uning transferi “Roma” klubiga taxminan 10 million yevroga tushishi mumkin.

Agar bu transfer amalga oshsa, Shomurodov uchun kuchli raqobat yuzaga keladi. Eldor o‘z o‘rnini saqlab qolish uchun yanada yuqori darajada o‘ynashga majbur bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Roma» Shomurodov uchun yangi raqib sotib olmoqchi