date
views 878

“Arsenal”ga qarshi javob bahsi: “Real” tarkibida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

“Arsenal”ga qarshi javob bahsi: “Real” tarkibida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?
Bugun Chempionlar ligasi 1/4 final javob uchrashuvida “Real Madrid” o‘z maydonida “Arsenal”ni qabul qiladi. Birinchi bellashuvda londonliklar 3:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozongandi.

Ispaniyaning “Marka” nashriga ko‘ra, javob o‘yinida “Real”ning tarkibida bir qator taktik o‘zgarishlar kutilmoqda.

Himoya chizig‘ida o‘ng qanotda Lukas Vaskes, chapda esa David Alaba maydonga tushadi. Markaziy himoyani Antonio Ryudiger va yosh futbolchi Raul Asensio tashkil etadi.

Yarim himoyada Federiko Valverdening o‘yiniga katta umid bog‘lanmoqda. Uning harakatlari “Real”ning o‘yin ritmini belgilab beradi. Bosh murabbiy Karlo Anchelotti yarim himoyani yanada mustahkamlash uchun Rodrigo yoki Luka Modrichni asosiy tarkibdan joylashni ko‘rib chiqmoqda. Oxirgi qaror o‘yin boshlanishiga yaqin qabul qilinadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Arsenal”ga qarshi javob bahsi: “Real” tarkibida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?