
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan va marhum sport arbobi xotirasiga bag‘ishlangan “Bayaman Erkinboyev” belbog‘li kurash turniri bu gal ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Quvonarlisi, Gran-Pri formatidagi ushbu nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik kurash ustalari o‘z mahoratlarini namoyon etishdi va barcha diqqat markazida bo‘lishdi.
Jahon chempionlari —
- Ilhomjon Mashrabov (80 kg),
- Husniddin Ro‘ziyev (90 kg),
- Jasurbek Isroilov (100 kg),
- Azamjon Anvarjonov (+100 kg)
vazn toifalarida barcha raqiblarini mag‘lub etishga erishib, oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.
Yana bir quvonarli jihat shundaki, musobaqa yakunlarida o‘tkazilgan “chempionlar lotoreyasi”da Azamjon Anvarjonov va Jasurbek Isroilovlar “Umra” safariga yo‘llanmalarni yutib olishdi.
Bu muvaffaqiyatli ishtirok munosabati bilan barcha g‘olib va sovrindor sportchilarimizni, ularning sabr-toqatli murabbiylarini muborakbod etamiz! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar