
Yevropa Ligasi chorak final javob bahsida “Manchester United” “Lion” ustidan 5:4 hisobida g‘alaba qozondi, deb Euro-Football.ru xabar berdi.
“Old Trafford”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda “qizil iblislar” 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi, biroq mehmonlar hisobni tenglashtirib, o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga olib chiqdi. U yerda “Lion” yana 2 gol urib, 2:4 hisobda oldinga o‘tdi.
Bruno Fernandes penaltidan gol urib, hisobni qisqartirdi (3:4). So‘nggi eksta taymda Kobbie Mainu va Harry Maguire gollari evaziga “United” tarixiy 5:4 hisobida g‘alabaga erishdi.
Opta ma’lumotlariga ko‘ra, “Manchester United” bu hisobda so‘nggi marta 1958-yil fevralda “Arsenal”ga qarshi g‘alaba qozongan.
Yarim finalda “Manchester United” “Athletic Bilbao”ga qarshi o‘ynaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar