date

Ronaldu yozda “Chelsi” yoki “Man Siti”ga o‘tishi mumkin

Ronaldu yozda “Chelsi” yoki “Man Siti”ga o‘tishi mumkin
Portugaliyalik afsonaviy futbolchi Krishtianu Ronaldu yozda yana Yevropaga qaytishi mumkin, deb xabar berdi "Bombardir.ru".

Saudiyaning “Al-Nasr” jamoasida to‘p surayotgan 40 yoshli hujumchi bilan Angliyaning “Chelsi” va “Manchester Siti” klublari qiziqish bildirmoqda.

Ehtimolki, ushbu klublardan biri Ronalduni klub jahon chempionati uchun 1 oylik shartnoma asosida taklif etadi.

Ronaldu ilgari ham Angliyada “Manchester Yunayted” safida o‘ynagan va u yerda katta muvaffaqiyatlarga erishgan.

Joriy mavsumda u “Al-Nasr”da 36 o‘yinda 32 ta gol va 4 ta assist qayd etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu yozda “Chelsi” yoki “Man Siti”ga o‘tishi mumkin