date
views 14

“Real”ning asosiy himoyachisi og‘riqlar bilan o‘ynamoqda, jamoa ishongan “tog‘i”ni yo‘qotishi mumkin

“Real”ning asosiy himoyachisi og‘riqlar bilan o‘ynamoqda, jamoa ishongan “tog‘i”ni yo‘qotishi mumkin
Madridliklarning muhim futbolchilaridan biri bo‘lgan Antonio Ryudiger so‘nggi bir necha oy mobaynida jarohati sabab og‘riqlarga qaramay maydonga tushayotgani ma’lum bo‘ldi.

Germaniyalik 32 yoshli himoyachi, og‘riqlarga qaramay, jamoasini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Shu bilan birga, muntazam yuklamalar va dam olishning yetishmasligi tufayli uning ahvoli yanada og‘irlashib bormoqda.

Hozircha klub bu borada aniq qarorga kelmagan bo‘lsa-da, jarrohlik amaliyoti ehtimoli istisno qilinmayapti. Agar Ryudiger ham uzoq muddatga davolanishga ketadigan bo‘lsa, bu mavsum oxirigacha jiddiy jarohat olgan Dani Karvaxal, Eder Militao va Ferlan Mendidan keyin "Real" uchun yana bir katta yo‘qotishga aylanishi mumkin.

Bu kabi vaziyat jamoaning mavsum so‘nggidagi muhim bellashuvlari oldidan bosh murabbiy Karlo Anchelotti uchun jiddiy bosh og‘rig‘i bo‘lishi turgan gap.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real”ning asosiy himoyachisi og‘riqlar bilan o‘ynamoqda, jamoa ishongan “tog‘i”ni yo‘qotishi mumkin