date
views 956

«Manchester Siti» rekord transferga tayyor: Pedri uchun 200 million funt sarflanadi!

«Manchester Siti» rekord transferga tayyor: Pedri uchun 200 million funt sarflanadi!
«Manchester Siti» jamoasi kelgusi yozda tarixidagi eng yirik transferlardan biriga qo‘l urishni rejalashtirmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, «shaharliklar» rahbariyati «Barselona»ning iqtidorli yarim himoyachisi Pedrini o‘z safida ko‘rishni xohlamoqda va ushbu transferni amalga oshirish uchun kataloniyalik klubga rekord darajadagi – 200 million funt sterling taklif qilishga tayyor.

Bundan tashqari, agar ushbu kelishuv amalga oshadigan bo‘lsa, 22 yoshli ispaniyalik futbolchi Angliya Premer-ligasidagi eng yuqori maosh oluvchi yarim himoyachiga aylanadi.

Pedrining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha imzolangan bo‘lib, uning transferi uchun «shaharliklar» yirik miqdordagi mablag‘ sarflashdan bosh tortmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Pedri joriy mavsumda kataloniyaliklar safida 50 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 5 ta gol urdi va jamoadoshlariga yana 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.

«Manchester Siti» ushbu transfer orqali o‘z yarim himoya chizig‘ini yanada mustahkamlab, kelgusi mavsumda ham mahalliy, ham xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishishni maqsad qilmoqda.

Pedrining «Manchester Siti»ga ehtimoliy o‘tishi haqidagi yangilik futbol muxlislari orasida juda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Hozir esa hammaning ko‘zi ushbu transferning amalga oshish yoki oshmasligida bo‘lib turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Siti» rekord transferga tayyor: Pedri uchun 200 million funt sarflanadi!