
Superliganing 6-turidan o‘rin olgan "Surxon"-"Navbahor" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Har ikki jamoa ham sifatli va tomoshabop futbol ko‘rsatdi. Birinchi bo‘limda juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Ikkinchi bo‘limda raqib ham o‘z kuchli tomonlarini namoyish etdi. Vaziyatlardan foydalanish bo‘yicha kamchiliklarimiz bor. Jamoamiz muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman.
- "Surxon" nega 5 ta turdan so‘ng o‘zini haqiqiy kuchini ko‘rsatayapti?
- Dastlabki turlarda ayrim yetakchi futbolchilarimiz tarkibimizda yo‘q edi, kech qo‘shilishdi. Ayrim sabablar shu bilan ham bog‘liq. Shuningdek, mavsum startida har qanday jamoada ham adaptatsiya og‘ir o‘tishi mumkin. Tarkibimizda yosh futbolchilar bor, ular o‘yindan-o‘yinga tajriba to‘plab, kuchayib borishadi.
- "Surxon" haqiqatdan ham birinchi bo‘limda juda yaxshi o‘ynadi. Gol bo‘lmayotgani uchun ikkinchi bo‘limda "V" rejani ishga soldingizmi?
- Birinchi bo‘limda ko‘p hujumlar tashkil etdik. Biroq, vaziyatlarimizdan unumli foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda tarkibda rotatsiyalarni amalga oshirdik. Har ikki jamoa g‘alaba uchun o‘ynadik. Penaltidan gol ura olmagan futbolchimiz o‘yindagi vaziyatdan hisobni ochdi va g‘alaba golimizni urdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar