
Bugun Angliya Premer-ligasining 34-turida Xosep Gvardola boshchiligidagi "Manchester Siti" Unai Emerining "Aston Villa"si bilan kuch sinashadi. Mazkur to‘qnashuvdan avval bir nechta mashhur nashrlar o‘z taxminiy tarkiblarini e’lon qilishdi.
So‘nggi 4 ta uchrashuvdan buyon esa milliy terma jamoamiz a’zosi hisoblangan Abduqodir Husanov maydonga tushmayotgan edi.
90MIN nashrining versiyasiga ko‘ra:
- Ortega, Nunes, Husanov, Gvardiol, O‘Rayli, Gonzales, Kovachich, Savino, De Bryuyne, Doku, Marmush.
"Sports Mole" saytining talqiniga ko‘ra:
- Ortega, Lyuis, Diash, Gvardiol, O‘Rayli, Kovachich, De Bryuyne, Makati, Foden, Doku, Marmush.
"The Sporting News" nashri esa quyidagicha taxmin qilmoqda:
- Ortega, Nunes, Diash, Gvardiol, O‘Rayli, Gonzales, Gyundogan, Silva, Foden, Savino, Marmush.
"Onefootball"ning taxminiy tarkibi bilan tanishing:
- Ortega; Nunes, Diash, Gvardiol, O‘Rayli, Gyundogan, Niko, Foden, De Bryuyne Doku, Marmush.
Ma’lum bo‘lishicha, faqatgina 90MIN nashri hamyurtimiz Abduqodir Husanovning asosiy tarkibdan joy olishiga ishonch bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak bellashuv 22 apreldan 23 aprelga o‘tar kechasi soat 00:00 da start oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar