
Dunyodagi eng nufuzli va ommaviy shaxmat turnirlaridan biri — “Grenke Chess Open 2025” yakunlandi. 17–21 aprel kunlari Germaniyada tashkil etilgan bu musobaqa joriy yilning eng katta ochiq shaxmat turniri sifatida qayd etildi.
Jami 225 000 yevro mukofot jamg‘armasiga ega bo‘lgan musobaqa shaxmat olamida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Karlsen — 9ta o‘yin, 9ta g‘alaba, 0 xato
Norvegiyalik shaxmat yulduzi Magnus Karlsen barcha raqiblarini yengib, turnirda mukammal 9dan 9 natija qayd etdi. U so‘nggi turgacha yetakchilikni saqlab keldi va hal qiluvchi uchrashuvda Germaniyaning Vinsent Keymerini mag‘lubiyatga uchratib, chempionlikni mustahkamladi.
Karlsen bu g‘alaba orqali:
- 60 000 yevro mukofot puli;
- 25 ta reyting ochkosi;
- va tarixiy darajada — 3191 performans ko‘rsatkichini qo‘lga kiritdi.
Bu — klassik shaxmat tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich, hatto “an’anaviy” deb hisoblangan grand turnirlarda ham bunday natija qayd etilmagan edi.
Javohir Sindarov — 6.5 ochko, 22-o‘rin
Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilgan Javohir Sindarov so‘nggi turda g‘alaba qozondi va jami 6.5 ochko bilan 22-o‘rinni egalladi. Bu katta raqobatli turnirda yaxshi natija hisoblanadi.
Siz nima deb o‘ylaysiz — Magnus Karlsen shaxmat tarixidagi eng buyuk shaxmatchilardan biri sifatida hozirning o‘zida tan olinadi desak, mubolag‘a bo‘ladimi? Javohir Sindarovning ishtirokini qanday baholaysiz? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar