
Kataloniyaning "Barselona" klubi o‘zining asosiy futbolchilaridan biri – braziliyalik vinger Rafinyaga yangi shartnoma taklif qildi. Ammo futbolchi taklif etilgan yangi kelishuv shartlaridan ko‘ngli to‘lmagan va o‘z xohishlariga javob beruvchi yanada qulayroq shartnomani talab qilmoqda.
Klub rahbariyati futbolchi bilan shartnomani bir mavsumga uzaytirib, keyingi mavsum natijalari asosida uni yana bir yilga cho‘zish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Biroq Rafinya bu taklifni qabul qilishga shoshilmayapti. U o‘zi uchun qulay va ishonchli bo‘lgan 2030 yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnomani imzolashni istamoqda. Shu bilan birga, futbolchi klub rahbariyatidan yangi kelishuv doirasida maoshi oshirilishini ham talab qilgan.
Ushbu vaziyatni arab futboli grandlaridan biri bo‘lgan "Al Hilol" diqqat bilan kuzatib bormoqda. Saudiya klubi allaqachon Rafinyaga juda foydali shartnoma taklifini taqdim etgan. Lekin, ayni paytda braziliyalik vinger ushbu taklifni ko‘rib chiqishdan avval "Barselona" bilan bir qarorga kelishni afzal ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rafinya so‘nggi mavsumlarda kataloniyaliklarning muhim futbolchilaridan biriga aylandi va muxlislarning katta mehrini qozondi. "Barselona" rahbariyati va murabbiylar shtabi futbolchi bilan yangi kelishuv bo‘yicha tez orada bir qarorga kelishga harakat qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar