
Italiya A Seriyasining 34-turida bo‘lib o‘tadigan markaziy bellashuvda Klaudio Raneri va Eldor Shomurodov yetakchiligidagi "Roma" jamoasi Simone Indzagi boshqarayotgan "Inter" klubiga qarshi maydonga tushadi. Bu muhim va hal qiluvchi o‘yin uchun rimliklar o‘zlarining kengaytirilgan tarkibini e’lon qilishdi.
Ushbu uchrashuvdan oldingi holatga ko‘ra, milanlik "nerazzurilar" 71 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turishibdi. Rimliklar esa hisobida 57 ball mavjud bo‘lib, musobaqa jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi.
Klaudio Raneri tomonidan "Inter"ga qarshi uchrashuv uchun chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing:
Anxelino, Baldanzi, Chelik, Kristante, De Marzi, Dovbik, El-Shaaravi, Gollini, Gurna-Duat, Hummels, Kone, Manchini, Ndika, Paredes, Pellegrini, Pisilli, Rensh, Salemakers, Salah-Eddin, Sangare, Shomurodov, Sule, Svilar.

Qaydnomaga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov ham mazkur muhim bahsda maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ladi va bu o‘yin rimliklar uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Eslatib o‘tamiz, muxlislar tomonidan qiziqish bilan kutilayotgan ushbu qarama-qarshilik bugun, 27 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi. "Roma" o‘zining mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirish, "Inter" esa chempionlik uchun kurashdagi pozitsiyasini mustahkamlash uchun maydonga tushadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar