date
views 266

Abbosbek Fayzullayev: «Yangi pozitsiyamda o‘yinim biroz pasayganini o‘zim ham his qilyapman»

Abbosbek Fayzullayev: «Yangi pozitsiyamda o‘yinim biroz pasayganini o‘zim ham his qilyapman»
Rossiyaning SSKA klubida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik iqtidorli yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayev o‘z o‘yinidagi o‘zgarishlar haqida "Match TV" telekanaliga intervyu berdi. Moskva derbisida «Spartak» ustidan qozonilgan muhim g‘alabadan (2:1) so‘ng Abbosbek o‘zining hozirgi holatiga oydinlik kiritdi.

— Joriy mavsumda ko‘rsatkichlarim o‘zgarganini o‘zim ham sezib turibman. Bu men uchun yangi pozitsiya bo‘lib, maydonda oldingiga nisbatan ko‘proq himoyaga qaytishim talab qilinyapti. Balki shu tufayli avvalgi kabi yorqin o‘yinim chiqmayotgandir. Lekin eng muhimi — bu jamoaga yordam berish. Agar bosh murabbiy meni shu yerga qo‘ysa, albatta, u yerda harakat qilib, bor kuchim bilan jamoamga foyda keltirishga harakat qilaman, — dedi futbolchi.

Ushbu masala bo‘yicha bosh murabbiy Marko Nikolich bilan muhokama bo‘lganmi, degan savolga Abbos quyidagicha javob berdi:

— Ha, albatta. Murabbiylar jismoniy holatimni yaxshi bilishadi. Qishki yig‘in davomida jismoniy sinovlardan yaxshi o‘tgan edim. Shu sababli ham Nikolich meni ushbu pozitsiyada ko‘rishni xohladi va qanday o‘ynashim kerakligini batafsil tushuntirib bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi joriy mavsumda SSKA safida barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 7 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Abbosbek Fayzullayev va uning jamoasi SSKA ayni paytda Rossiya Premer-ligasi turnir jadvalida 51 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abbosbek Fayzullayev: «Yangi pozitsiyamda o‘yinim biroz pasayganini o‘zim ham his qilyapman»