
Klaudio Raneri “Roma” bosh murabbiyligiga kelganidan beri Eldor Shomurodovning klubdagi o‘rni keskin o‘zgardi. Mavsum davomida ikki bor Rimni tark etishi mumkinligi aytilgan o‘zbekistonlik futbolchi hozirda jamoaning eng ishonchli va suyangan tayanchiga aylangan.
Italiya chempionatida “Roma” qatorasiga 18ta bahsda mag‘lub bo‘lmadi. Bu muvaffaqiyatda Eldorning samarali harakatlari, gollari va to‘p uzatmalari hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.
Mag‘lubiyatsiz seriya “Roma”ni Yevropa Chempionlar ligasi uchun kurashayotgan jamoalar qatoriga qo‘shdi. Chempionatning tugashiga to‘rt tur qolgan bo‘lsa-da, klub hozircha yuqori pog‘onalarni saqlab turibdi.
Koaudio Raneri esa, jamoa qit’aning eng nufuzli musobaqasiga yo‘l olishga erisha olmasa-da, kamida Yevropa ligasi yoki Konferensiyalar ligasida ishtirok etishiga umid bildirdi.
Klub rahbariyati an’anaga ko‘ra, har oy yakunida eng yaxshi futbolchini aniqlab, muxlislar orasida so‘rovnoma o‘tkazadi. Aprel oyi yakunlariga ko‘ra, Eldor Shomurodov argentinalik Matias Sule va darvozabon Mile Svilarni ortda qoldirib, oyning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.
Bu Eldor uchun joriy mavsumdagi ikkinchi bunday mukofot. U fevralda ham ushbu e’tirofga loyiq topilgan edi.
Aprel oyida Eldor to‘rtta muhim uchrashuvda maydonga tushib, ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va bitta assist bilan jamoasiga g‘alabalar olib keldi.
Uning “Yuventus”ga qarshi urgan goli jamoani mag‘lubiyatdan asradi. “Verona” bilan bahsdagi yagona gol esa “Roma”ga muhim uch ochko keltirdi.
“Inter”ga qarshi uchrashuvda esa Eldor jamoadoshi Matias Sulega qulay pas uzatib, jamoasining yagona goliga zamin yaratdi. Ushbu pas orqali “Roma” g‘alabani qo‘lga kiritdi, “Napoli” esa peshqadamga aylandi.
Eslatib o‘tish joiz, Shomurodov uchun bu mavsum “Roma”dagi eng muvaffaqiyatli yil bo‘lmoqda. 2021 yilda jamoaga kelgan hujumchi bugungacha A Seriya, Italiya kubogi va Yevropa ligasida jami 33 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 4 ta assist muallifi bo‘ldi.
Jamoa Eldorga ishonch bildirmoqda — “Roma” yaqinda o‘zbek futbolchisi bilan shartnomani 2027 yilning yarmigacha uzaytirdi. Bu yangilik nafaqat muxlislar, balki butun O‘zbekiston futboli uchun xursandchilikka sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi sardori bo‘lgan Eldorning A Seriyadagi bunday muvaffaqiyatlari yurtdoshlarimiz qalbini g‘ururga to‘ldiradi.
Siz nima deb o‘ylaysiz — Shomurodov Yevropa futbolida yanada yuqorini ko‘zlasa bo‘ladimi?
Eldor ShomurodovRoma Futbol KlubiItaliya ChempionatiYevropa Chempionlar LigasiMuvaffaqiyatli YilO‘zbekiston Terma Jamoasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar