date
views 124

Superliga. “Xorazm” Jizzaxda “Nasaf” bilan durang o‘ynadi

Superliga. “Xorazm” Jizzaxda “Nasaf” bilan durang o‘ynadi
Foto: “Xorazm” klubi matbuot xizmati
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 8-turidan o‘rin olgan uchrashuv 2 may, juma kuni bo‘lib o‘tdi. Unda “Xorazm” jamoasi Qarshining “Nasaf”ini qabul qildi. Uchrashuvda tezkor gol urildi. 12-daqiqada Alibek Davronov hisobni ochdi.

O‘yinda mehmonlar nisbatan ustunlikka ega bo‘ldi. Shunday bo‘lsa ham mezbonlar o‘yinda o‘z so‘zini ayta oldi. 78-daqiqaga kelib Abror Xo‘sinov hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuv shu hisob bilan tugadi. Ushbu durang bilan qarshiliklar 18 ochko bilan hamon peshqadam bo‘lib turibdi. Xorazmliklar esa 8 ochko bilan 10-pog‘onani egallagan.

“Xorazm” — “Nasaf” 1:1
Gol
: 0:1 – 12, Alibek Davronov, 1:1 – 78, Abror Xo‘sinov.

“Xorazm” – Mashhur Muhammadjonov, Dilshod Jo‘rayev, Temur Ismailov (Sunnatillo Abdullajonov,62), Jasur Azimov (Hazrat Tursunqulov, 46), Murod Bobojonov (Shahrom Samiyev, 46), Humoyunmirzo Iminov (Sanjar Shoahmedov, 62), Vladimir Bubanya, Ixtiyor Toshpo‘latov, Doston Tursunov, Abror Xo‘sinov (Farruh Ibrohimov, 83), Rustam Abduhamidov.
“Nasaf” – Vorobey, Murod Rahmatov (Igor Golban, 80), Alibek Davronov, Akmal Mozgovoy, Zafaromurod Abdirahmatov (Suhrob Nurulloyev, 63), Umar Eshmurodov, Oybek Bozorov (Islom Kenjaboyev, 80), Dragan Cheran, Sharof Muhitdinov (Sherzod Nasrullayev, 49), Shuhrat Muhammadiyev, Husayn Norchayev (Ruben Hebay, 46).
Ogohlantirishlar: Alibek Davronov 75, Shahrom Samiyev 75.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Xorazm” Jizzaxda “Nasaf” bilan durang o‘ynadi