
O‘zbekistonlik aralash yakkakurashlar jangchisi CKF World Championship turnirida xitoylik raqibidan ustun keldi.
20 noyabr kuni Xitoyning Anxoy provinsiyasida MMA jangovar aralash yakkakurashlar bo‘yicha Chinese Kungfu Championships (CKF) kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Kechadagi bellashuvlardan birida 75 kg gacha vazn tofasida o‘zbek jangchisi Furqat Yoqubov (6−0−0) bahsga kirishdi.
Namanganlik sportchi Xitoy vakili Xao Liga (10−1−0) qarshi ringga ko‘tarilib, uch raund yakunlariga ko‘ra hakamlar tomonidan g‘olib deb topildi. Shunday qilib, Furqatbek CKF talqini bo‘yicha jahon chempionati kubogi sohibiga aylandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar