
“Malaga” bilan qayd etilgan durang natija Messining anchagina tanqid ostida qolishiga sabab bo‘ldi. Muxlislar uning arzimagan kasallikni bahona qilib, o‘yinga tushmaganini, aslida bemalol o‘ynay olishini ta’kidlashyapti.
Messining o‘zi esa bunday tanqidlardan charchaganini, chindan ham tobi yo‘qligini aytib charchamayapti. U jurnalistlardan birining “Ronaldu uchta gol urdi, Real peshqadamligini mustahkamladi, bu bezovta qilmaydimi?” qabilidagi savoliga “Men faqat o‘z klubimni o‘ylayman, qolganiga tupurdim, jumladan, Realga ham, Ronalduga ham” deya javob qaytardi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar