
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Eronning yetakchi klublaridan biri — “Persepolis” sharafini himoya qilayotgan Oston O‘runov uzoq tanaffusdan so‘ng yana maydonga qaytish arafasida. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchi yaqinda jarohatidan to‘liq xalos bo‘lib, jamoa mashg‘ulotlar jarayoniga qo‘shilgan.
"Football News" nashri tarqatgan xabarda aytilishicha, O‘runov barcha tibbiy ko‘riklardan muvaffaqiyatli o‘tgan. Klub shifokori doktor Zarinxe bu borada quyidagi fikrlarni bildirgan:
“Tibbiy guruhimiz va fizioterapevtlar O‘runovning tiklanishi uchun katta kuch sarfladi. Qo‘shimcha tekshiruvlar natijalari uning qayta safga qo‘shilishiga tayyorligini ko‘rsatdi. Biroq u maydonga tushadimi-yo‘qmi — buni murabbiylar shtabi hal qiladi”.
Futbolchining safga qaytishi “Persepolis” jamoasi uchun muhim yangilik hisoblanadi. Chunki jamoa yaqin kunlarda Eron chempionatining 29-turi doirasida “Xeybar Xorramabad” jamoasiga qarshi muhim uchrashuvda maydonga tushadi. O‘runovning harakatchanligi va o‘yinlardagi yuqori samaradorligi hisobga olinsa, uning safga qaytishi jamoa uchun katta kuch bo‘lishi shubhasiz.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Oston O‘runovning to‘liq tiklanishi faqat “Persepolis” uchun emas, balki O‘zbekiston terma jamoasi uchun ham juda muhim. Chunki terma jamoa oldida turli yo‘nalishdagi jiddiy uchrashuvlar turibdi va murabbiylar unga yana ishonch bildirishi kutilmoqda.
Muxlislar esa o‘z navbatida sevimli futbolchisining yana yashingi o‘yinlarini kutmoqda. Ostonning maydondagi jonkuyar harakatlari va texnik mahorati jamoalariga yangi ruh baxsh etishi shubhasiz.
Oston O‘runovPersepolis JamoasiO‘zbekiston Terma JamoasiTibbiy GuruhFutbol YangiliklariEron Chempionati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar