
«Manchester Siti» klubining mashhur yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne o‘zining faoliyatini Ispaniyaning «Real Madrid» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda futbol olamidagi ishonchli manbalar xabar tarqatishdi.
Ma’lum qilinishicha, 33 yoshli belgiyalik futbolchining agentlari «Real» klubiga uning nomzodini tavsiya qilgan. Bunday taklifning kelib chiqishi Toni Kroosning joriy mavsum yakunlanishi bilan professional faoliyatini tugatishiga bog‘liq. Bu holat esa «qirollik klubi»ni markaziy chiziqdagi bo‘shliqni to‘ldirish uchun yangi futbolchi qidirishga majbur qilmoqda.
Manbalarning xabar berishicha, De Bryuyne «Real»da to‘p surish istagini ochiq bildirgan va bu maqsad yo‘lida katta qurbonlikka ham tayyor. Xususan, belgiyalik futbolchi «Manchester Siti»dagi hozirgi taxminan 16 million yevrolik maoshini deyarli ikki baravar kamaytirib, «Real»dan 7-8 million yevro olishga ham rozi ekanligini bildirgan.
Biroq Madrid klubi rahbariyati bu taklifni hurmat bilan qabul qilganiga qaramay, futbolchining yoshi va uning sport formasi bo‘yicha shubhalari borligini qayd etgan. «Real» mutaxassislari fikricha, 33 yoshli yarim himoyachining yuqori darajadagi eng yaxshi futbol yillari orqada qolgan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kevin De Bryuyne joriy mavsum oxirida «Manchester Siti» bilan xayrlashadi. U bu mavsumda barcha musobaqalar doirasida jami 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 8 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, hozirda uning transfer bozoridagi narxi 27 million yevro atrofida baholanmoqda.
Shuningdek, futbolchiga boshqa bir qancha Yevropa klublari ham qiziqish bildirmoqda va uning kelajagi yaqin orada aniq bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar