
Bugun futbol ishqibozlarini Angliya kubogining so‘nggi va eng muhim bahsi — “Manchester Siti” va “Kristal Pelas” o‘rtasidagi to‘qnashuv kutmoqda. Bellashuv soat 20:30da start oladi. Mazkur uchrashuv oldidan bir qator yetakchi sport nashrlari “shaharliklar”ning ehtimoliy asosiy tarkibini e’lon qildi.
Mashhur “90MIN” portaliga ko‘ra, Pep Gvardiolaning katta final uchun tanlovi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Ederson, Lyuis, Diash, Gvardiol, Akanji, De Bryuyne, Silva, Kovachich, Foden, Doku, Xoland.
Sports Mole nashrining taxminiy tarkibida ayrim o‘zgarishlar mavjud. Ularga ko‘ra, finalda “Siti” quyidagi futbolchilar bilan maydonga tushishi mumkin:
Ederson, Lyuis, Diash, Gvardiol, Akanji, De Bryuyne, Silva, Kovachich, Marmush, Doku, Xoland.
Statistikaga asoslangan WhoScored portali esa tarkibda yana boshqacha nomlarni keltirdi:
Ederson, Lyuis, Diash, Gvardiol, Akanji, De Bryuyne, Silva, Kovachich, Savino, Doku, Xoland.
MCFC Matchdays e’lon qilgan versiyada esa:
Ederson, Gvardiol, Diash, O'Reylli, Nunes, Kovachich, Bernardu Silva, De Bryuyne, Foden, Marmush, Xoland nomzod sifatida ko‘rsatilgan.

Bu tarkibda "Siti" jamoasining odatiy sxemasiga qiyoslanganda bir qator yangiliklar ko‘zga tashlanadi. Xususan, O'Reylli, Marmush va Nunesning ishtiroki final uchun kutilmagan deb baholanmoqda. Bu esa Gvardiola finalda taktik eksperimentlarga tayyor ekanini anglatishi mumkin.
Zamin.uz tahririyatidan:
Final oldidan turli manbalarda keltirilgan turlicha tarkiblar “Siti”da raqobat qanchalik yuqori darajada ekanini yana bir bor ko‘rsatmoqda. Haqiqiy asosiy tarkib esa soat 20:30da e’lon qilinadi. Siz qaysi variantni to‘g‘ri deb hisoblaysiz? Xoland bu finalda ham gol uradimi?
Manchester SitiKristal PelasAngliya KubogiFutbol BahsiPep GvardiolaEhtimoliy TarkibTaktik EksperimentlarSport NashrlariO'zgarishlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar