
Superliganing 10-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Dinamo" bellashuvida jamoalar durangga imzo chekdi - 2:2.
Dastlab, 34-daqiqada Anvarjon Hojimirzayev mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Shahboz Jo‘rabekov uzoq masofadan to‘pni darvozaaga joylab qo‘ydi va kuchlarni tenglashtirdi. Frane Ikichning 74-daqiqadagi goli "Buxoro"ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 87-daqiqada Xislat Halilovning oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.
"Buxoro" – "Dinamo" 2:2
Gollar: Shahboz Jo‘rabekov 65', Frane Ikich 74' – Anvar Hojimirzayev (Oybek O‘rmonjonov) 34', Xislat Xalilov 87'
Qo‘qonda o‘tkazilgan bahsda «Nasaf» «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etdi. Qarshiliklar safida gollarga Cholovich va Norchayev mualliflik qildi.
Shu tariqa, «Nasaf» ochkolari sonini 22 taga yetkazgan holda turnir jadvalida 1-o‘ringa chiqib oldi. «Qo‘qon-1912» esa 12 ochko bilan 9-pog‘onadan joy olgan.
“Qo‘qon-1912” — “Nasaf” 0:2
Gollar: Stefan Cholovich 35, 0:1 (Murod Rahmatov), Husayn Norchayev (Oybek Bozorov) 50, 0:2
G‘uzorda o‘tkazilgan bahsda «Sho‘rtan» «Andijon»ni mag‘lub etdi. Mezbonlar safida yagona golga Narzullayev mualliflik qildi.
Shu tariqa, «Sho‘rtan» ochkolari sonini 5 taga yetkazgan holda turnir jadvalida 16-o‘rinda qoldi. «Andijon» esa 9 ochko bilan 12-pog‘onadan joy olgan.
«Sho‘rtan» – «Andijon» 1:0
Gol: Doniyor Narzullayev 33
BuxoroDinamoSuperligaQarshiliklarNasafQo‘qon-1912AndijonGollarTurnir Jadvali O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar