date
views 0

APLning eng yaxshi murabbiylari reytingida kutilmagan yetakchilar

APLning eng yaxshi murabbiylari reytingida kutilmagan yetakchilar
Futbol olamida e’tirof va bahsni bir vaqtda yuzaga keltirgan yangi tahlil — “Goal” nashri 2024/25 mavsumi bo‘yicha Angliya Premer-ligasining eng yaxshi murabbiylari reytingini e’lon qildi. Unda bir qator kutilmagan natijalar qayd etilgani futbol jamoatchiligida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Yangi chempion – yangi yetakchi

Birinchi o‘ringa “Liverpul”ni chempionlikka yetaklagan gollandiyalik mutaxassis Arne Slot munosib deb topildi. Bu jamoa uchun yangi davrning boshlanishi bo‘ldi — Slotning uslubi va ishonchli transformatsiyasi jamoaning qayta jonlanishiga turtki berdi.

"Nottingem Forest" — mavsum syurprizi

Ikkinchi o‘rinda esa kutilmaganda “Nottingem Forest” bilan ajoyib natijalarga erishgan Nunu Eshpiritu Santu joy oldi. Uning shogirdlari butun mavsum davomida intizomli va hujumkor o‘yin namoyish qilishdi. Forestning Yevropaga chiqish uchun kurashda ishtirok etishi nafaqat muxlislar, balki ekspertlar uchun ham voqea bo‘ldi.

"Nyukasl"ning barqarorligi va Xauning uslubi

Kuchli uchlikni “Nyukasl” ustozi Eddi Xau yakunladi. Uning qo‘l ostidagi jamoa faol pressing, taktik elastiklik va yosh futbolchilarga bo‘lgan ishonchi bilan alohida e’tibor qozondi. Xauning qayta qurilgan jamoasi raqiblar uchun jiddiy sinov bo‘ldi.

Qolgan kuchli o‘nlik kimlardan iborat?

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarga mos ravishda “Aston Villa” ustozi Unai Emeri hamda “Brentford” murabbiyi Tomas Frank joylashdi. Keyingilar quyidagicha: Vitor Pereyra, Fabian Xyurseler, Mikel Arteta, Enso Mareska va Andoni Iraola.

Gvardiolaning yo‘qligi va Artetaning "kambag‘al" natijasi

Eng katta hayratga solgan holat — “Manchester Siti” murabbiyi Xosep Gvardiolaning kuchli o‘ntalikka ham kira olmaganidir. Shuningdek, “Arsenal”ni yuqori o‘rinlarda ushlab turgan Mikel Artetaning ham faqat sakkizinchi o‘rinda qayd etilishi futbol muhlislari va mutaxassislar o‘rtasida qizg‘in tortishuvlarga sabab bo‘lmoqda.

Xulosa qilib aytganda, bu reyting nafaqai mavsum natijalarini, balki murabbiylarning taktik yondashuvi, jamoaga ta’siri va rivojlanish salohiyatini ham hisobga olgan holda tuzilgan. Arne Slotning yetakchilikka chiqishi, Eshpiritu Santuning ildam sakrashi va Gvardiolaning ro‘yxatda ko‘rinmasligi — bu mavsum Premer-ligada yana qanday syurprizlar bo‘lishini bashorat qilib turgandek.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APLning eng yaxshi murabbiylari reytingida kutilmagan yetakchilar