
Rossiya Premer Ligasining yakunlangan 2024/25 mavsumi yuzasidan “SSKA” jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning ta’kidlashicha, “armiyachilar” mavsumning ikkinchi yarmida ko‘rsatgan o‘yini bilan bronza medaliga munosib bo‘lgan.
“Menimcha, jamoamiz ikkinchi davrani juda yaxshi o‘tkazdi. Eng muhimi, bu bosqichda mag‘lubiyatga uchramadik. Bu holat o‘z-o‘zidan medallarga bo‘lgan haqqoniy da’voni belgilaydi. O‘tgan mavsumda kutilgan natijalarga yerisha olmaganimiz sabab, bu yilgi muvaffaqiyat biz uchun alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa, men uchun,” — dedi Fayzullayev Championat nashriga bergan intervyusida.
Shu bilan birga, u ayni paytda barcha diqqat va e’tibor jamoaning navbatdagi muhim sinovi — Rossiya Kubogi superfinaliga qaratilayotganini qo‘shimcha qildi. 1 iyun kuni “SSKA” aynan shu bellashuvda “Rostov” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, mavsum yakunlariga ko‘ra, “Krasnodar” RPL chempioni deb e’lon qilindi. “Zenit” ikkinchi pog‘onada joy olgan bo‘lsa, “SSKA” uchinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, “Fakel” va “Orenburg” Premer Liga bilan xayrlashdi. “Axmat” va “Pari NN” esa ligada qolish uchun pley-offda ishtirok etadi.
Abbosbek Fayzullayevning so‘zlaridan ko‘rinib turibdiki, u nafaqat jamoa muvaffaqiyatidan, balki o‘z shaxsiy o‘sishidan ham mamnun. Uning qat’iyligi va maydondagi harakatlari “SSKA”ning bu yilgi natijalarini belgilab berdi, deyish mumkin. Endilikda barcha muxlislar singari u ham Rossiya Kubogidagi hal qiluvchi o‘yinni sabrsizlik bilan kutmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar