date
views 477

Rubin Xebayning sobiq jamoasiga qarshi o‘yindan keyingi taassurotlari

Rubin Xebayning sobiq jamoasiga qarshi o‘yindan keyingi taassurotlari
Superkubok finalida “Andijon”ga qarshi muhim bahsda qatnashgan “Nasaf” hujumchisi Rubin Xebay o‘yindan keyingi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Albaniyalik futbolchi o‘yinning og‘ir sharoitda o‘tganini ta’kidlar ekan, jamoasining jonbozligi g‘alabaga asos bo‘lganini qayd etdi.

– Menimcha, bugungi bahs juda og‘ir va kuchli ruhiy bosim ostida o‘tdi. Yomg‘irli ob-havo va maydonning og‘ir holati o‘yin ko‘rsatishga to‘sqinlik qildi. Ammo biz harakatdan to‘xtamadik va o‘yinni nazorat qilishga urinib, oxirgi natijani o‘zimiz tomonga burdik. Jamoalar o‘rtasidagi bor-yo‘g‘i kichik farq g‘alabani hal qildi, – dedi Xebay.

Sobiq jamoasi “Andijon”ga qarshi o‘ynash unda hech qanday psixologik yuklama yaratmaganini aytgan hujumchi muxlislar haqida ham iliq fikrlar bildirdi:

– “Andijon”da o‘ynagan bir yil davomida muxlislar meni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdi. Men ularni doim hurmat qilganman va hozir ham hurmat qilaman. Lekin biz professional futbolchilarmiz — qaysi jamoa safida bo‘lmaylik, maydonda har doim yurakdan harakat qilamiz.

Shuningdek, Rubin Xebay “Nasaf” safidagi gollar soni kam ekaniga munosabat bildirdi va buning sababini jarohat bilan bog‘ladi:

– Avvaliga jarohat sababli bir yarim oy jamoadan tashqarida qoldim. Bu menga ta’sir qilmay qolmadi. Endi esa holatimni tiklab oldim va gol urishni boshladim. Umid qilamanki, bundan keyin yanada ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib, muntazam ravishda jamoamga gollar orqali yordam berishda davom etaman.

Hozircha Xebay “Nasaf”da to‘liq o‘ziga xos o‘yin tonusini topmagan bo‘lsa-da, undagi ishtiyoq va o‘ziga bo‘lgan ishonch muxlislar uchun kutilmagandagi parvoz boshlanishiga ishora bo‘lishi mumkin. Kelgusidagi o‘yinlarda u yanada ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘lsa, “ajdarlar” tarkibidagi o‘rni mustahkamlanishi muqarrar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rubin Xebayning sobiq jamoasiga qarshi o‘yindan keyingi taassurotlari