date
views 613

Ukraina dzyudo bo‘yicha jahon chempionatini tark etdi

Ukraina dzyudo bo‘yicha jahon chempionatini tark etdi
Ukraina dzyudo federatsiyasi 2025-yil iyun oyida Budapeshtda o‘tkazilishi rejalashtirilgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida qatnashmasligini e’lon qildi.

Ukraina tomoni bunga sabab sifatida belaruslik sportchilarga o‘z milliy bayroqlari ostida ishtirok etishga ruxsat berilganini ko‘rsatmoqda. Avvalroq Belarus olimpiya qo‘mitasi 1-iyundan boshlab dzyudochilarning milliy ramzlar bilan turnirlarda qatnashishini ma’lum qilgandi.

Ukraina federatsiyasi esa bu holatdan norozi bo‘lib, xalqaro dzyudo federatsiyasiga murojaat yo‘llab, Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining neytral maqom haqidagi tavsiyalariga rioya etish zarurligini eslatdi.

Javoban xalqaro dzyudo federatsiyasi sportni “to‘siqlar emas, ko‘priklar quradigan muloqot va birlik maydoni” sifatida ko‘rishni istashini bildirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ukraina dzyudo bo‘yicha jahon chempionatini tark etdi