date
views 50 056

“Barselona”da katta inqilob: 6 yulduz jamoani tark etadi

“Barselona”da katta inqilob: 6 yulduz jamoani tark etadi
Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan “Barselona” klubi katta o‘zgarishlar arafasida turibdi. Jamoa rahbariyati kelasi mavsumda yanada kuchliroq tarkib bilan maydonga tushishni maqsad qilgan va buning uchun jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar boshlandi.

Sport direktori Dekuning tashabbusi bilan yozgi transfer oynasida cheklovlarsiz yangi futbolchilarni jamoaga olib kelish ko‘zda tutilmoqda. Ammo bunday harakatlar moliyaviy jihatdan maoshlar balansini ta’minlashni ham talab etadi. Shu bois, klub ayrim futbolchilar bilan xayrlashishga qaror qilgan.

Ispaniyadagi Fichajes nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Barsa”ni tark etadigan birinchi 6 nafar futbolchi aniq bo‘lgan. Bu ro‘yxatda Ansu Fati, Ronald Arauxo, Pau Viktor, Andreas Kristensen, Erik Garsiya va Pablo Torre kabi nomdor o‘yinchilar bor.

Shu bilan birga, manba ta’kidlashicha, Arauxo va Garsiya faqat yuqori daromadli takliflar kelib tushgan taqdirdagina jamoadan ketishi mumkin. Ya’ni, bu ikki futbolchining ketishi hali aniq emas, ammo klub ularni pulga aylantirish imkoniyatini inkor etmayapti.

Avvalroq, ispan OAVlari “Barselona”da faqatgina Lamin Yamalning joyi kafolatlangani, qolgan har qanday futbolchi bo‘yicha keladigan transfer takliflari klub rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqilishi haqida ma’lum qilgan edi.

Kataloniya klubidagi bu islohotlar muxlislar orasida turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ayrimlar buni jamoaning yanada muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun zarur qadam deb baholashmoqda, boshqalar esa yosh iqtidorlarning ketishiga nisbatan e’tiroz bildirishmoqda.

Yaqin haftalarda “Barsa”da yangi transferlar va ketuvchilar bo‘yicha rasmiy xabarlar e’lon qilinishi kutilmoqda. Muxlislar esa bu jarayonlarni katta qiziqish bilan kuzatishmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barselona”da katta inqilob: 6 yulduz jamoani tark etadi