
Tailandning Bangkok shahrida bo‘lib o‘tayotgan nufuzli “Thailand Open 2024” xalqaro boks turniri hal qiluvchi bosqich — finalga yetib keldi. Bu yilgi musobaqa o‘z ko‘lami va raqobat darajasi bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda. Unda yurtimizning terma jamoasi kuchli tarkib bilan ishtirok etdi va yarim final bosqichida katta muvaffaqiyatga erishdi.
Jumladan, 16 nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi yarim finalgacha yetib kelgan bo‘lsa, ularning 9 nafari so‘nggi bosqich — finalga yo‘l oldi. Qolgan 7 nafar bokschilar esa ushbu musobaqani munosib ravishda bronza medali bilan yakunlashdi.
Finalda O‘zbekiston sharafini himoya qiluvchi bokschilar ro‘yxati:
• -50 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev
• -55 kg: Faryozbek Do‘smatov
• -70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov
• -75 kg: Javohir Abdurahimov
• -85 kg: Nusratbek Tohirov
• -48 kg: Farzona Fozilova
• -51 kg: Sabina Boboqulova
• -54 kg: Feruza Kazakova
• -75 kg: Aziza Zokirova
Ushbu bokschilar final bosqichida g‘alaba qozonish orqali nafaqat shaxsiy yutuqlarini oshirish, balki yurtimiz bayrog‘ini yana bir bor xalqaro ringda baland ko‘tarishni maqsad qilishgan.
Bronza medali sohiblari quyidagilar:
• -60 kg: Madiyar Daniyarov
• -80 kg: Samandar Jalolov
• -90 kg: Elyorbek Jo‘raboyev
• +90 kg: Abdurahmon Rustamov
• -57 kg: Nigina O‘ktamova
• -65 kg: Navbahor Hamidova
• -70 kg: Oysha Toirova
O‘zbekiston boks federatsiyasi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, terma jamoamiz ushbu natija bilan musobaqaning eng ko‘p medal qo‘lga kiritgan vakillaridan biriga aylangan.
Zamin.uz tahririyati bokschilarimizga finalda zafarli chiqish, g‘alaba shodligini yurtimizga olib kelishlarini tilaydi. Final bahslarida butun bir elning duosi va ishonchi ular bilan! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar