
Massimiliano Allegri “Milan” jamoasi bilan rasman shartnoma imzoladi. Bu yangilik klub tarafdorlari orasida iliq qarshilandi – ijtimoiy tarmoqlarda murabbiyga nisbatan bildirayotgan fikrlar asosan ijobiy tusda.
Ko‘plab muxlislar Allegri “rossonerilar”dagi avvalgi davridagi muvaffaqiyatlarni yana takrorlashiga ishonmoqda. Ayrim izohlarda hatto Rafael Leau braziliyalik afsona Ronaldinoga qiyoslanmoqda — xuddi Allegri boshqaruvida u ham porlashi mumkinligi tilga olinmoqda.
Tarafdorlarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi nihoyat o‘zining eng yaxshi formasini aynan Allegri qo‘l ostida topishi va barqaror o‘yin ko‘rsatishi kutilmoqda.
Murabbiyning qaytishi “Milan”da yangicha ruh va ishonch muhitini yaratmoqda. Klubda yangi davr boshlanmoqda, deyish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar