date
views 2 055

Temirov UFC bilan yangi kelishuvga erishdi

Temirov UFC bilan yangi kelishuvga erishdi
UFC doirasida muvaffaqiyatli yurishini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik jangchi Ramazon Temirov nufuzli promoushen bilan yangi shartnomaga imzo chekdi. Bu haqda sportchining ustozlaridan biri – Jasur Alijonov o‘zining Instagram sahifasi orqali ma’lumot berdi.

Alijonovga ko‘ra, Ramazon Temirov UFC bilan navbatdagi 4 ta jangni o‘z ichiga olgan shartnoma asosida kelishuvga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, hozirda u o‘ta yengil vazn toifasida UFC reytingida 13-pog‘onani egallab turibdi. Promoushen doirasida hozirgacha 2 marta oktagonga ko‘tarilgan Temirov har ikkala jangda ham ishonchli g‘alabaga erishgan.

Navbatdagi sinov esa 27 iyul kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi. Unda u qozog‘istonlik Asu Almabayev bilan to‘qnash keladi. Bu jang Temirov uchun yangi bosqich sari muhim qadam bo‘lishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Temirov UFC bilan yangi kelishuvga erishdi