date
views 13 663

Shomurodov bilan Rimdagi uyida suhbat: yurakdan chiqqan so‘zlar va mehr to‘la lahzalar

Shomurodov bilan Rimdagi uyida suhbat: yurakdan chiqqan so‘zlar va mehr to‘la lahzalar
Italiyadagi o‘zbekistonlik yulduz futbolchi Eldor Shomurodov o‘z uyining hovlisida futbol muxlislari uchun unutilmas suhbat uyushtirdi. Yutubdagi "Markaziy Sektor" kanali boshlovchisi Orif Tolibov hamda mashhur sharhlovchi Xayrulla Hamidov futbolchimizning mehmoni bo‘lib, ochiq havoda ularga juda qiziqarli intervyu berdi.

Suhbat chog‘ida Eldor o‘zining Yevropa futboliga bo‘lgan ilk qadamlarini yodga oldi. Uning aytishicha, “Jenoa”ga kelgan paytlari unga har jihatdan qiyin bo‘lgan — yangi muhit, yangi til va albatta, Italiyaning sertalab taktik futboli. Biroq Shomurodov bunday sinovlardan qaytmaydigan jangchi. U har bir mashg‘ulotda, har bir o‘yinda o‘zini ko‘rsatishga intilgan. "Menga Yevropada o‘ynash orzusi juda yoqqan, bu orzumni amalga oshirish uchun har kuni tinmay mehnat qildim", — deydi Eldor.

Futbolchimiz "Roma" jamoasi safidagi faoliyati, mashhur murabbiylar Mourino va De Rossi bilan bo‘lgan ish tajribasi, gollari, yutuqlari va shubhasiz, qiyinchiliklari haqida ham ochiq gapirdi. Uning fikricha, Italiya futbolida besh yil o‘ynab, u nafaqat futbolchi, balki inson sifatida ham ulg‘aygan.

Intervyu paytida esa yoqimli bir voqea yuz berdi — Eldorning kichik o‘g‘li Mustafo sahnaga chiqib qoldi. U otasining bo‘yniga taqilgan mikrofonga qiziqib, qo‘li bilan unga tegib ko‘rdi. Hozirgina futbol va taktika haqida so‘z yuritilayotgan suhbat, bolakayning beg‘ubor harakati bilan yanada samimiy tus oldi. Eldorning Mustafoga bo‘lgan mehri va bolakayning beg‘ubor qiyofasi tomoshabinlarning yuragini ilitdi.

Sharhlovchi Xayrulla Hamidov suhbat davomida shunday dedi:
"Men Eldorda haqiqiy o‘zbekcha fe’lni ko‘raman — samimiy, kamtar, mehnatkash va kurashuvchan."

Bu suhbat nafaqat futbol haqida, balki insoniylik, oila, mehnat va orzu haqida ham edi. Eldor Shomurodov nafaqat maydonda, balki hayotda ham o‘zbek yoshlari uchun namuna ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Tomoshabinlar uchun bunday lahzalar doim xotiralarda qoladi. Markaziy Sektor kanali va uning ijodiy jamoasiga bu kabi yurakka yaqin intervyular uchun tashakkur.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov bilan Rimdagi uyida suhbat: yurakdan chiqqan so‘zlar va mehr to‘la lahzalar