date
views 4 741

Fayzullayevdan ikki karra tabrik: Rossiya Kubogi va JCH uchun ishonchli tilak

Fayzullayevdan ikki karra tabrik: Rossiya Kubogi va JCH uchun ishonchli tilak
SSKA safida to‘p surib, rossiyalik muxlislar qalbini zabt etayotgan o‘zbekistonlik yosh legioner Abbosbek Fayzullayev jamoasi bilan Rossiya Kubogi-2024/25dagi g‘alabasidan so‘ng muxlislarga murojaat qildi. Uning samimiy so‘zlari nafaqat Rossiyadagi muxlislar, balki yurtdoshlari uchun ham quvonch manbai bo‘ldi.

— “Qo‘llab-quvvatlagan barcha yurtdoshlarimga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Bu g‘alaba faqat SSKA jamoasining emas, balki O‘zbekiston futbolining ham yutug‘idir. Vatanimiz nomidan to‘p surish — men uchun faxr. 5 iyun kuni jahon chempionati saralashining muhim o‘yini bor. O‘ylaymanki, jamoamiz zafarli o‘yin namoyish etib, JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi”, — dedi Fayzullayev qisqa intervyuda.

Eslatib o‘tamiz, “SSKA” Rossiya Kubogi superfinalida “Rostov”ni 0:0 hisobidagi asosiy vaqtdan so‘ng penaltilar seriyasida 4:3 hisobida mag‘lub etdi. Fayzullayev bu o‘yinda 73-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, jamoa harakatida faol ishtirok etdi.

Abbosbekning intervyusidagi “O‘zbekiston xalqiga g‘alaba bayrami muborak bo‘lsin!” degan so‘zlari muxlislarni ruhlantirdi va 5 iyun kuni BAAga qarshi bo‘ladigan muhim uchrashuv arafasida jamoamizga ishonch bag‘ishladi.

Zamin.uz tahririyati terma jamoamiz va Fayzullayevga yaqinlashib kelayotgan bellashuvda omad tilaydi. Afsuslarsiz va zafarlar bilan to‘la futbol kechalari kutib qolamiz!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fayzullayevdan ikki karra tabrik: Rossiya Kubogi va JCH uchun ishonchli tilak