
2026- yilda Italiya mezbonlik qiladigan qishki Olimpiya o‘yinlarida Rossiya xokkey terma jamoasi ishtirok etmaydi. Bu haqda Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) rasmiy bayonot berdi.
Tashkilotning ma’lum qilishicha, musobaqada qatnashuvchi erkaklar va ayollar terma jamoalari tarkibi Xalqaro olimpiya qo‘mitasining (XOQ) 2023- yil mart oyida qabul qilgan tavsiyalariga muvofiq shakllantirilgan.
Avvalroq Rossiyaning 2026- yilgi Olimpiadada qatnashish-uchun qat’iy qaror XOQ tomonidan beriladigan so‘nggi tavsiyalarga qarab qabul qilinishi aytilgan edi. Rossiya xokkey federatsiyasi bu borada qaror 2024- yil kuzida aniqlashini bildirgandi.
Shu paytgacha IIHF va XOQ tomonidan masala bo‘yicha rasmiy bayonot berilmagan bo‘lsa-da, guruhlar ro‘yxatida Rossiya termasiga o‘rin berilmagani uning musobaqadan rasman chetlatilganini anglatmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya terma jamoasi o‘rniga Olimpiadada Fransiya ishtirok etadi. Bu so‘nggi yillarda sportga nisbatan qo‘llanilayotgan siyosiy sanksiyalar davomida Rossiya sportchilariga berilgan yana bir jiddiy zarba sifatida baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi xalqaro xokkey musobaqalarida muntazam ravishda kuchlilar qatorida bo‘lib kelgan va Olimpiadadagi ishtiroki katta qiziqishga sabab bo‘lar edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar